Toshkent IIBB xodimiga qarshilik ko‘rsatgan fuqarolar ushlandi

© AP Photo / Anvar IlyasovUzbekskie militsioneri vozle doma
Uzbekskie militsioneri vozle doma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Surxondaryo viloyatida istiqomat qiluvchi 32 yoshli Alisher X. va 26 yoshli Abdullaxon X. profilaktika inspektoriga qarshilik ko‘rsatishgan.

TOShKENT, 22 fev – Sputnik. 20-fevral kuni kechqurun Chilonzor tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori “Katta Xirmontepa” mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uyda istiqomat qiluvchilar fuqarolarning shikoyatlari bo‘yicha voqea joyiga keladi. Toshkent IIBB xabariga asosan.

Naruchniki na dveri kletki - Sputnik O‘zbekiston
Oliy sud raisining o‘rinbosari o‘z xizmat xonasida qo‘lga olindi

Xabarda aytilishicha, ushbu uyda istiqomat qiluvchi fuqarolar qo‘shni uyda qurilish qilayotgan ishchilar yuzasidan shikoyat qilgan.

Ishchilar uy atrofi hududini ifloslantirib, o‘z vaqtida qurilish chiqindilarni tozalashmagan.

Bundan avval profilaktika inspektori uy egasining qarindoshlari bo‘lgan ishchilarni Ma’muriy javobgarlik kodeksining 161-moddasida nazarda tutilgan tozalik va sanitariya qoidalariga rioya qilish haqida bir necha marta ogohlantirgan.

Biroq, Surxondaryo viloyatida istiqomat qiluvchi 32 yoshli Alisher X. va 26 yoshli Abdullaxon X. profilaktika inspektoriga qarshilik ko‘rsatishgan.

Hozirgi vaqtda ular qo‘lga olingan.

Ushbu holat yuzasidan Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219 moddasi 1-qismi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bo‘yicha jinoyi ish qo‘zg‘atilgan.

Bu modda talablariga ko‘ra, eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanish nazarda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0