TOShKENT, 22 fev – Sputnik. Shu yil yanvar oyida Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida tovar aylanuvi 10,2 million dollarga kamaydi. Bu yil Tojikistondan O‘zbekistonga eksport mahsulotlar hajmi kamaydi.
O‘tgan yilda bu ko‘rsatkich 9 million dollar bo‘lgan bo‘lsa, bu yilda ko‘rsatkich 2,5 ming dollarga kamayib ketdi.
Tojikistonga O‘zbekiston mahsulotlarini import qilish ham kamaydi: 6,7 million dollardan 3,2 million dollarga tushib ketdi.
So‘nggi to‘rt yil davomida Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida tovar aylanuv hajmi 12 baravarga ko‘paydi: 2014-yilda 13 milliondan 2018-yilda 155 milliongacha.