TOShKENT, 22 fev - Sputnik. Yakshanba kuni, 24-fevral tongida professional bokschi Shahram G‘iyosov faoliyatidagi yettinchi jangini o‘tkazadi.
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining ma’lum qilishicha, Meksikaning Tixuana shahrida o‘tkaziladigan jangda Shahram G‘iyosovga meksikalik Edgar Puerto raqiblik qiladi.
Shahram bugungi kunga kelib prof ringda 6 ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan. Beshda bahsni muddatidan oldin o‘z foydasiga hal etgan.
Tajribali Edgar Puerto esa shu kungacha 37 ta jang o‘tkazgan. Ularning 25 tasida g‘alaba qozongan (19 ta nokaut). 11 marotaba mag‘lubiyatga uchragan (5 ta nokaut) va 1 ta durangga erishgan.