Ota-onaning aka-uka va opa-singillarining farzandlari o‘rtasida nikoh tuzish taqiqlanadi

© Sputnik / Mixail Markiv / Mediabankka o‘tishSeremoniya brakosochetaniya
Seremoniya brakosochetaniya  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 16-moddasiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida” qonun loyihasi tayyorladi.

TOShKENT, 22 fev – Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirligi “O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 16-moddasiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida” qonun loyihasini tayyorladi.

Pismennie prinadlejnosti - Sputnik O‘zbekiston
Nikoh shartnomalarini majburiy qilish haqida qonun loyihasi kiritildi

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 607-1-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi 16-moddasining (Nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar) uchinchi xatboshisi (nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar o‘rtasida, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar o‘rtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida) quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar o‘rtasida, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar o‘rtasida, ota-onaning aka-uka va opa-singillarining farzandlari o‘rtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida;”.

Sog‘liqni saqlash, Adliya vazirliklari, Xotin-qizlar qo‘mitasi va “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi qonunning ijrochilarga yetkazilishini hamda uning mazmun-mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilishini ta’minlaydi.

Yangiliklar lentasi
0