“IShID”ning 3500 dan ziyod qurbonlari dafn etilgan qabriston topildi

© AFP PHOTO / AHMAD AL-RUBAYE Mujchini nesut telo
Mujchini nesut telo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Suriyaning Rakka shahri yaqinida jangarilarning qurbonlari dafn etilgan eng yirik qabriston topildi.

TOShKENT, 22 fev – Sputnik. Suriyaning Rakka shahri yaqinida “IShID” jangarilarining qurbonlari dafn etilgan eng yirik qabriston topildi, deb xabar qildi Daily Mail gazetasi.

Mutaxassislar hisobiga qaraganda, Rakka shahri yaqinida topilgan yangi birodarlar qabristonda 2500 dan 3000 gacha qatl etilganlar ko‘milgan bo‘lishi mumkin. Suriya hukumati vakillari topilgan qabriston mamlakatdagi jangarilar qurbonlari dafn etilgan eng yirik qabriston ekanligini ma’lum qilishdi.

​“IShID” jangarilari 2014-yilda Rakka shahrini egallab olib, o‘zlarining poytaxti ekanligini e’lon qilishdi. Shahar xalqaro koalitsiya yordamida “Suriya demokratik kuchlari” tomonidan ozod etilgan. Shahar olib borilgan janglar tufayli to‘liq vayron bo‘lgan va hozirda aholi yashashi uchun biror bir qulaylik mavjud emas.

Avvalroq Suriyaning Mo‘sul shahri yaqinida “IShID”ning 30 nafar qurboni ommaviy ravishda dafn etilgan qabristoni topilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0