O‘zbekistonda 478 ta qishloqlarda obodonlashtirish ishlari uchun 4,8 trillion so‘m sarflanadi

Obuna bo‘lish
“Obod qishloq” dasturini 2019-yilda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.

TOShKENT, 21 fev – Sputnik. “Obod qishloq” dasturini 2019-yilda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining rasmiy Telegram-kanalida xabar qilindi.

Qarorga muvofiq, 2019-yilda “Obod qishloq” dasturi doirasida:

- 159 ta tumanda 1,6 milliondan ortiq aholi yashaydigan 478 ta qishloqlarda qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi hamda mazkur chora-tadbirlar uchun4,8 trillion so‘m sarflanadi;

- umumiy uzunligi 5 ming 476 kilometrdan iborat mintaqaviy yo‘llar (ichki ko‘chalar) ta’mirlanadi va rekonstruksiya qilinadi;

Obod qishloq dasturi - Sputnik O‘zbekiston
2019 yil "Obod qishloq" dasturi: asosiy tadbirlar va mablag‘

- 1,3 trillion so‘m miqdoridagi mablag‘lar hisobidan qishloqlar obodonlashtiriladi;

-  36 mingdan ortiq hamda umumiy uzunligi 2 ming 458 kilometr bo‘lgan tungi ko‘cha yoritish hamda 21 ta aloqa tizimi yaxshilanadi.

- 556 ta avtobekat quriladi hamda 46,3 milliard so‘mlik 189 ta zamonaviy avtobuslar xarid qilinadi;

- ichimlik suvi ta’minoti tizimini yaxshilash maqsadida 2 ming 219 kilometr yangi tarmoq hamda 221 ta suv inshooti quriladi, 729 kilometr tarmoqlar hamda 163 ta suv inshootlari rekonstruksiya qilinadi;

- 361 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘lar hisobidan elektr va gaz ta’minoti tizimi yaxshilanadi;

- 214 ming 200 ta yakka tartibdagi uy-joylar hamda 1 ming 182 ta ko‘p xonadonli uy-joylar ta’mirlanadi;

- 378 ta ko‘p xonadonli uy-joylar hududlari obodonlashtiriladi;

- 280 ta bog‘cha, 510 ta maktab, 237 ta sog‘liqni saqlash hamda 439 ta boshqa ijtimoiy soha obyektlari quriladi;

- jami 2 ming 532 ta bozor infratuzilmasi obyektlari quriladi va ta’mirlanadi;

- 296 kilometr irrigatsiya va 1 ming 538 kilometr melioratsiya obyektlari quriladi, 584 kilometr irrigatsiya obyektlari tozalanadi.

Yangiliklar lentasi
0