Hukumat iste’foga chiqishi kerak – Nazarboyev bayonoti

Obuna bo‘lish
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev hukumat a’zolari xalq bilan ishlay olmaydi va oddiy insonlar muammolarini tinglay olmaydi deb hisoblaydi.

TOShKENT, 21 fev — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev hukumat iste’foga chiqishi kerak deb ma’lum qildi. Davlat rahbarining bayonoti Oq o‘rdaning rasmiy saytida e’lon qilindi.

Zasedanie Visshego Yevraziyskogo ekonomicheskogo soveta na urovne glav gosudarstv (VEES) - Sputnik O‘zbekiston
Bu yerda juda ko‘p ish bo‘lsa-da, ayollar o‘z tanasini sotishi bu sharmandalik - Nazarboyev

Nazarboyev Qozog‘istonda barcha zaruriy davlat loyihalari, jumladan, industrial, ijtimoiy, infratuzilma, sog‘liqni saqlash va ta’limni rivojlantirish qabul qilinganini aytib o‘tdi. Ammo ish tizimi shu kunga yo‘lga qo‘yilmagan deb hisoblaydi.

Nazarboyevning so‘zlariga ko‘ra, aholining real daromadi oshmayapti. Oila budjetida oziq-ovqat mahsulotlariga sarflanayotgan mablag‘ o‘sishda davom etmoqda.

“Buning hammasi hukumati a’zolari, vazirlar, akimlarning aholi bilan ishlay olmasligi, odamlar muammosini tinglay olmasligi, olib borilayotgan ish va siyosatni tushuntira olmasliklari bois yuzaga kelmoqda. Shu boisdan men, Prezident va Konstitutsiya garovi sifatida, xalqimizning manfaatlarini inobatga olgan holda, quyidagi qarorni qabul qilaman. Hukumat iste’foga chiqishi kerak deb hisoblayman”, - deya ma’lum qildi Nazarboyev.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev respublikada muddatidan oldin prezident saylovlari bo‘lmasligini ma’lum qilganligi haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0