TOShKENT, 21 fev – Sputnik. Tojikiston huquq tartibot organ xodimlari fohishaxona tashkil qilishda gumonlangan Xitoy va Vyetnam fuqarolari qo‘lga olindi. Bu haqda Tojikiston IIV xabar qildi.
15 Fevral 2019, 09:56
Xabarda aytilishicha, 32 yoshli Van Ven Min va 29 yoshli uven Dang Mi Dushanbe shahrida ijaraga uy olib, uni intim xizmatlarini ko‘rsatish saloniga aylashtirishdi.
Gumonlanuvchilar 2018-yil dekabr oyi boshida Olmaota orqali Dushanbega ayollarni olib kelishdi.
Bu ayollarga Rossiyada ofitsiantka sifasida ishga kirish va’da berilgan.
Biroq ularning pasportlari olib qo‘yilib, fohishalik qilishga majburlangan.
Nashrning ma’lumotiga qaraganda, 2 oy ichida har bir ayoldan 5 ming dollardan ortiq pul ishlab topilgan.
Ushbu holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.