Prezident maktablarida darslar ingliz tilida o‘tiladi

Obuna bo‘lish
Ushbu maktablarga har viloyatda 24 nafar iqtidorli o‘quvchilar tanlab olinadi.

TOShKENT, 21 fev – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda “Prezident maktablarini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi, deb xabar qilmoqda Xalq ta’limi vazirligi.

"Prezident maktablarining asosiy maqsadi - o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, yetakchilik ko‘nikmalari va notiqlik mahoratini rivojlantirish, tanqidiy fikrlash, axborotni izlash, tahlil qilish va qayta ishlash, olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llash kabi ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat", - deyilgan xabarda

Prezident maktablarida o‘quv jarayoni ingliz tilida amalga oshiriladi va STEAM ta’lim (Science - tabiiy fanlar, Technology - texnologiya, Engineering - texnik ijodkorlik, Art - san’at, Mathematics - matematika) dasturi asosida olib boriladi.

Prazdnik Posledniy zvonok v shkolax Rossii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda atigi 67 ta akademik litsey qoladi

Maktabning 9—11-sinflarida - ta’lim olish o‘quvchilarning qiziqishlari va xususiyatlarini, ayrim fanni tanlash va ularni o‘rganish darajasini inobatga olgan holda individual o‘quv jarayoni asosida amalga oshiriladi.

Prezident maktablariga qabul 4-sinf bitiruvchilari orasida, mantiqiy fikrlash testlari, yozma imtihon va suhbatlar natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi.

Prezident maktablari 2019-2020 o‘quv yillarida barcha viloyatlarda va Qoraqalpog‘iston respublikasida ochiladi. Maktabining yillik qabul kvotasi - 24 nafar o‘quvchidan iborat bo‘lib,  ular ikkita sinfga bir xil — 12 nafardan o‘quvchi taqsimlanadi. Birinchi o‘quv yilida esa 5—10-sinflardan har bir maktab 144 nafardan o‘quvchi o‘qishga qabul qiladi.

Interaktivnaya shkola v Volgograde - Sputnik O‘zbekiston
Akademik litsey bitiruvchilariga ishga kirish huquqini beruvchi sertifikat beriladi

Ushbu maktab bitiruvchilariga, belgilangan tartibda davlat tomonidan tasdiqlangan shahodatnoma, attestat bilan bir qatorda, xalqaro darajadagi tegishli dastur diplomi (International Baccalaureate, Advanced Placement yoki International Advanced Levels)ga ega bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida xorijiy oliy o‘quv yurtlariga kirish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, ilk bor prezident maktablari haqida 2018-yil 18-noyabrida Shavkat Mirziyoyevning Nukusga bo‘lgan tashrifi davomida e’lon qilingan edi.

© Ministerstvo narodnogo obrazovaniyaPrezident maktabi loyihasi
Prezident maktablarida darslar ingliz tilida o‘tiladi - Sputnik O‘zbekiston
Prezident maktabi loyihasi

 

Yangiliklar lentasi
0