TOShKENT, 20 fev — Sputnik. Bloger Mett Uotson pedofillar YouTube-uyushmasini fosh etganini ma’lum qildi. Bu haqda o‘zining kanalida hikoya qildi.
Uotson YouTube᾽ning “bikini”, ya’ni ayollar o‘zlarining ichki kiyimini namoyish qiluvchi mavzusidagi videoroliklarni izlash algoritmi qanday qilib pedofillar uchun “mos” videoga olish kelishi mumkinligini namoyish etdi.
Aytish joizki, videoroliklarning o‘zi pornografik xususiyatga ega emas, biroq ular ostida yozib qoldirilgan izohlarda pedofillar uchun muayan ko‘rsatmalar mavjud. U yerda ular osonlik bilan o‘zlarini qiziqtiruvchi axborotni topishlari mumkin.
Bloger so‘zlariga ko‘ra, u videoxostingga shikoyat bilan murojaat etadi, ammo sayt ma’muriyati uning shikoyatini e’tiborsiz qoldiradi.
Ta’kidlanishicha, YouTube videoxostingi ikki yil oldin ham shunga o‘xshash muammoga duch kelgan.