MIB qoshidagi markaz Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazildi

© SputnikUzbekskaya valyuta - sum
Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti “Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

TOShKENT, 20 fev – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti “Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar qildi.

Hujjatda keltirilishicha, davlat mulki obyektlarini sotishni soddalashtirish bo‘yicha eksperiment o‘tkazish muddati 2020-yil 1-yanvargacha uzaytirildi.

Majburiy ijro burosi qoshidagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil qilish markazi” Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tasarrufiga o‘tkazildi.

Gazoviy elektronniy schetchik - Sputnik O‘zbekiston
MIB elektr energiyasini yetkazib berishga doir yangi hujjat loyihasini tayyorladi

2019 yil 1-iyuldan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini ijaraga berish savdolari “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida amalga oshiriladi.

“E-IJRO AUKSION”da 1 so‘mga teng qiymatdagi boshlang‘ich narx bo‘yicha qo‘yilgan davlat ko‘chmas mulk obyektlari ular to‘liq sotilmagunga qadar savdolardan olinmaydi.

Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasi tuzildi.

Xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitalidagi davlat aksiyalari to‘lov muddatlarini uzaytirish va chegirmalar taqdim etish mexanizmlari qo‘llanilmagan holda sotiladi.

Shuningdek, davlat organlari qarorlari bo‘yicha sotilgan obyektlarning oldi-sotdi shartnomalari majburiy notarial tasdiqlanmaydi.

“Nol” qiymatda sotishda, shu jumladan, avval sotilgan davlat mulki obyektlari bo‘yicha investitsiya majburiyatlari bajarilgan deb qabul qilingan paytdan boshlab bir yil davomida yangi ish o‘rinlarini saqlab qolish tartibi bekor qilindi.

Yangiliklar lentasi
0