TOShKENT, 20 fev – Sputnik. Sankt-Peterburgda qurilish maydonda Tojikiston fuqarosi 12-qavatdan tushib ketdi. Bu haqda “Fontanka” internet nashri xabar qildi.
Hodisa 19-fevral kuni Viborg tumannidagi Pargolovo hududida sodir bo‘ldi.
Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, “Shuvalovskiy duet” qurilishida tojikistonlik ishchi ehtiyotsizlik oqibatida lift shaxtasiga tushib ketdi. Migrant 12 qavatdan tushib ketdi.
Migrant og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi. Unda umurtqa va boshqa suyaklarning sinishi va bosh suyak-miya jarohati qayd etilgan.
Hozirda Tojikiston fuqarosi jonlantirish bo‘limida.
Eslatib o‘tamiz, Leningrad viloyati Sankt-Peterburgda Murinodagi turar joy hududida olib borilayotgan qurilish ishlari vaqtida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan mehnat muhojiri 10-qavatdan qulab tushganligi haqida xabar bergandik. Ko‘plab jarohatlarga qaramasdan shifokorlar migrantning hayotini saqlab qolishgan.