TIV Moskvada o‘zbekistonliklar ishtirokida yuz bergan mushtlashuv bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishPolitsiya
Politsiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskva shahrida o‘zbekistonliklar ishtirokida sodir bo‘lgan hodisa oqibatida jarohat olganlardan bir kishi voqea joyida, ikkinchisi kasalxonada vafot etgan.

TOShKENT, 19 fev — Sputnik. O‘zbekiston TIV  Rossiya poytaxti Moskva shahrida 17-fevral kuni O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida yuz bergan fojia bo‘yicha rasmiy bayonot berdi.

Politsiya i skoraya pomosh - Sputnik O‘zbekiston
Moskvadagi mushtlashuvda 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

“O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2019-yilning 17-fevral kuni Moskva shahrida mamlakatimiz fuqarolari ishtirokida sodir bo‘lgan hodisa oqibatida jarohat olganlardan bir kishi voqea joyida, ikkinchisi kasalxonada vafot etgan. Tergov qo‘mitasining Moskva shahri bo‘yicha Bosh boshqarmasi tomonidan Rossiya federatsiyasi Jinoyat kodeksining 111-moddasi 4-qismida (qasddan sog‘likka o‘limga olib keluvchi og‘ir jarohat yetkazish) asosida jinoyat ishi ochildi”, - deyiladi rasmiy xabarda.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari:

1.      Nusratov Nodirbek G‘ulomqodirovich, 1989-yil 29-oktabrda tug‘ilgan;

2.      Nusratov Otabek, 1987-yil 24-oktabrda tug‘ilgan.

Elchixona konsullik bo‘limi Rossiyaning tegishli idoralari bilan aloqa o‘rnatdi va vaziyatni nazorat ostida ushlab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  Moskvada 10 nafar O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida bo‘lib o‘tgan mushtlashuv oqibatida 2 kishi qurbon bo‘lgani haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0