Ortiqxo‘jayev: Aholi roziligisiz hech bir uy buzilmaydi

© SputnikXokim Tashkenta Djaxongir Artikxodjayev
Xokim Tashkenta Djaxongir Artikxodjayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda murojaat bilan kelgan fuqarolar Toshkentdagi bunyodkorlik tadbirlari va uylar holati bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishdi.

TOShKENT, 19 fev - Sputnik. Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va Markaz-1 hamda Markaz-2 hududlarida istiqomat qiluvchi aholi ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi, deya xabar qildi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Blagoustroystvo torgovix tochek, vremennix konstruksiy i magazinov v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Shahar hokimligi: Toshkent tashqi ko‘rinishini tartibga solish vaqti keldi

Xabarda qayd etilishicha, muloqotda shahar hokimi ushbu hududlar aholisi orasida yuzaga kelgan savollarga aniqlik kiritdi. Dastlab hokim aholining o‘z turar joylari, tumanlarida olib borilayotgan qurilishlar haqidagi fikrlari bilan tanishdi.

Uchrashuvda murojaat bilan kelgan fuqarolar Toshkentdagi bunyodkorlik tadbirlari va uylar holati bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishdi. Toshkent shahar hokimi poytaxtdagi buzilishi ehtimoli bo‘lgan hududlardagi ishlarni tashkil etish bo‘yicha axborot berdi.

Xususan, bu borada tegishli hududlarda ofislar tashkil etilib, har bir oilaning bu boradagi fikrlari o‘rganilishi ma’lum qilindi. Aholining “bizning uylarimiz buziladimi?” degan savoliga esa “Cizning roziligingizsiz bu ish amalga oshmaydi”, deya ta’kidladi Jahongir Ortiqxo‘jayev.

Yangiliklar lentasi
0