TOShKENT, 19 fev – Sputnik. Xitoyning Guandun provinsiyasidagi ko‘prik turistlar bilan qulab tushdi, deb yozadi The Sun nashri.
Nashr ma’lumotlari ko‘ra, turistlardan biri ko‘prikdan o‘tayotganda konstruksiyani tebratib, sakrab boshlaydi. Oqibat arg‘amchidan qilingan ko‘prik og‘irlikka dosh bermay, qulab tushadi.
Ushbu ko‘prik Yanszan shahridagi Yandun tumanining diqqatga sazovor bo‘lgan joylaridan sanaladi.
Ta’kidlanishicha, ko‘prik ustida olti nafar turist bo‘lgan. Qurbonlar va jarohatlanganlar bo‘lmagan, chunki ularning hammasi xavfsizlik kamarini bog‘lagan bo‘lishgan.
Nashrning ma’lum qilishicha, hozirda ko‘prik noma’lum muddatga berkitilgan.