Qo‘l jangi bo‘yicha Rossiya chempioni mushtlashuvda halok bo‘ldi – video

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishAvtomobil skoroy pomoshi
Avtomobil skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
17 fevral kuni ertalab Aloqa vazirligi binosi oldida Gennadiy Pavlov qo‘riqlash xizmati xodimi o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi.

TOShKENT, 18 fev – Sputnik. Moskvada mushtlashuv oqibatida 22 yoshli qo‘l jangi bo‘yicha chempion Gennadiy Pavlov halok bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, 17-fevral kuni ertalab Aloqa vazirligi binosi oldida Gennadiy Pavlov qo‘riqlash xizmati xodimi o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ladi.

Tergovchilarning ma’lumotiga ko‘ra, 51 yoshli qo‘riqlovchi va sportchi o‘rtasida mojaro kelib chiqadi. Mushtlashuvda sportchi hushini yo‘qotadi. Voqea joyiga kelgan shoshilinch yordam xizmati xodimlari sportchi halok bo‘lganligini qayd etishadi.

Keyinchalik internetda mushtlashuvni kuzatuv kameralari tasvirga olgan video paydo bo‘ladi.

Hozirgi vaqtda tekshiruv o‘tkazilmoqda. Qo‘riqlovchi barcha protsessual harakatlardan so‘ng tilxat asosida qo‘yib yuborilgan.

Yaqin vaqtlarda sud-tibbiy ekpertiza sportchining o‘limi sabablarini aniqlaydi.

Orlovsk viloyatidan tug‘ilgan sportchi Gennadiy Pavlov qo‘l jangi bo‘yicha Rossiya musobaqasida birinchilikni va turli bellashuvlarda medallarni qo‘lga kiritgandi.

Yangiliklar lentasi
0