TOShKENT, 18 fev - Sputnik. AQShdagi M.D.Anderson nomidagi onkologik markaz olimlari shakarni haddan ortiq darajada iste’mol qilish saraton paydo bo‘lishi xavfini oshirishini aniqlashdi. Bu haqda RIA Novosti Food News nashriga tayanib xabar berdi.
Xabarda yozilishicha, olimlar sichqonlar ustida tajriba o‘tkazishgan. Bir guruh sichqonlarga ko‘plab g‘arb davlatlarida odamlar iste’mol qiladigan shakar miqdoriga teng saxaroza berilgan, boshqalari esa shakarsiz kraxmal parhezida bo‘lgan. Tadqiqot yakunida mutaxassislar birinchi guruhdagi sichqonlar qonida shakar miqdorining oshishi o‘simtaning tez o‘sishiga sabab bo‘lgani haqida xulosaga kelishgan.
Bundan tashqari, olimlar yuqori miqdorda fruktozaga ega jo‘xori qiyomi (sirop) va shakar sichqonlar o‘pkasida metastazalar (kasallikning bir joydan boshqa joylarga o‘tib ko‘payishi)ning o‘sishiga olib kelganini aniqlashgan.
Mutaxassislar qand kasalligi, saraton, semirish va yurak kasalliklari xavfini kamaytirish uchun shakarni kamroq iste’mol qilishni tavsiya qilishmoqda.
Ular konfetlar, murabbo, jele, muzqaymoq, sharbatlar, yogurt, pishiriqlar va boshqalarda yuqori fruktozali jo‘xori qiyomi bor bo‘lishi mumkinligiga e’tibor qaratishni maslahat berishmoqda.
Shuningdek, olimlar shirinlik o‘rniga mevalar yeyishni, shakar o‘rniga esa asaldan foydalanishni tavsiya etishgan.
Olimlar: ayollarning xiyonatga moyilligini barmoq uzunligiga qarab aniqlash mumkin
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Cancer Research UK” tashkiloti mutaxassislari saraton kasallikligining yettita asosiy belgilarini ma’lum qilishgani haqida xabar qilgan edik.