Afrikalik kuyov Yoqutistonda qanday yashamoqda

© Foto iz lichnogo arxivaMark Babatunde - uchitel iz Yakutii
Mark Babatunde - uchitel iz Yakutii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nigeriyalik Mark Babatunde Yoqutistonning -50 darajali sovuqlariga qanday chidamoqda?

TOShKENT, 17 fev - Sputnik. Rossiyaning Uzoq Sharq o‘lkasi shimolida, Lena darosi bo‘yida Oy qishlog‘i joylashgan. Bu yerda yilning 9 oyida quyosh ko‘rinmaydi. Qishda esa odatiy havo harorati –30 – 50 daraja sovuq bo‘ladi.

Mahalliy aholi uchun bu yerda qalin kiyinib, yuz-quloqlarigacha issiq o‘ralib olgan Mark Babatundeni uchratish - odatiy holga aylanib qolgan, deb yozadi Mariya Savelyeva.

© Foto iz lichnogo arxivaMark Babatunde - uchitel iz Yakutii
Afrikalik kuyov Yoqutistonda qanday yashamoqda - Sputnik O‘zbekiston
Mark Babatunde - uchitel iz Yakutii

Mark Yoqutistonga vaqtinchalik kelgan mehmon emas u shu yerda doimiy yashaydi va ushbu o‘lkani yaxshi ko‘radi. U asli Afrikaning Nigeriya davlatida tug‘ilib o‘sgan. Keyin Xitoyga o‘qishga borib u yerda yoqutistonlik talaba – Natalyani yaxshi ko‘rib qolgan.

Bir necha yil o‘tib ular Yoqutistonga ko‘chib kelishadi va shu yerda uylanishdi. Hozir Babatundelar oilasining 3 ta farzandi bor. Kattasi Enjel – 13 yoshda, Ariy – 9 va kenja Ameliya – 4 yoshda. Mark turmush o‘rtog‘ini va bolalarini juda sevadi.

“Endi kelgan vaqtlarimda ko‘chada odamlar meni ko‘rganida hayron bo‘lishardi, birga rasmga tushaylik deb iltimos qilishlardi. Hamma qayerdan kelib qolganim bilan qiziqardi. Hozir esa o‘rganib qolishgan. Bu yerda odamlar juda xushko‘ngil. Menda hech qanday muammo bo‘lmagan”, - deydi Mark Babatunde.  

Uning so‘zlariga ko‘ra, afrika va yoqutiston urf odatlarida o‘xshash joylari ko‘p. Bu yerda ham bayramlarda hamma katta dasturxon atrofida jamlanadi.

© Foto iz lichnogo arxivaMark Babatunde - uchitel iz Yakutii
Afrikalik kuyov Yoqutistonda qanday yashamoqda - Sputnik O‘zbekiston
Mark Babatunde - uchitel iz Yakutii

Mark Babatunde 4ta tilni yaxshi biladi: ingliz, rus, xitoy va yoqut tillarida gaplasha oladi. Shu tufayli uni Pokrovsk shaharchasi maktabiga o‘qituvchi sifatida taklif qilishgan. Urda Mark Xitoy v ingliz tillaridan dars beradi.

“Bu yerlar bunchalik sovuq deb o‘ylamagan edim. Lekin hozir ancha o‘rganib qoldim. Asosiysi – ob-havoga qarab kiyinish kerak, yaxshi ovqatlanish kerak. Kasal bo‘lish qimmatga tushadi”, - deydi Mark.

Uning rafiqasi Natalya aytishiga qaraganda, Mark haligacha mahalliy ovqatlarga o‘rgana olmagan. Muzlatilgan yoki xom go‘shtni yesa-da, suyuq ovqatlarni - ovqat hisoblamaydi. Chunki Afrikada birinchi ovqat qayla (podlivaga) o‘xshab, juda quyuq bo‘larkan, deydi Natalya.

© Sputnik / V. Yakovlev / Mediabankka o‘tishYakutiya zimoy
Afrikalik kuyov Yoqutistonda qanday yashamoqda - Sputnik O‘zbekiston
Yakutiya zimoy
Yangiliklar lentasi
0