Harbiy sportchilar “Toshkent dengizi”da master-klass o‘tkazishdi

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaSportsmeni mejdunarodnogo klassa proveli master-klass dlya voyennoslujashix v "Tashkentskom more"
Sportsmeni mejdunarodnogo klassa proveli master-klass dlya voyennoslujashix v Tashkentskom more - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kursant va talabalarga baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha halqaro toifadagi sport ustalari tomonidan master-klass mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Toshkent viloyati Tuyabo‘g‘iz suv omborida joylashgan Mudofaa vazirligi sport klubi bazasida Qurolli Kuchlar akademiyasi kursantlari hamda Toshkent iqtisodiyot va biznes kolleji talabalari uchun baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha halqaro toifadagi sport ustalari tomonidan master-klass mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Strategiya vijivaniya posle avarii v gorax - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek harbiylari ekstremal sharoitlarda yashovchanlikni oshirish bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazdi

Mashg‘ulotlar davomida yoshlarga baydarka va kanoeda eshkak eshish usullari amalda ko‘rsatib berildi. Shuningdek, ishtirokchilarga suv sportining turlari, kelib chiqish tarixi, bugungi istiqboli hamda jahon arenasida mamlakatimiz harbiy baydarkachilari erishgan yutuqlari haqida ham ko‘plab qiziqarli ma’lumotlar aytib o‘tildi.

Ayniqsa, Jahon kubogi sovrindori, ko‘plab halqaro musobaqalar ishtirokchisi, navbatdagi Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan irodali parakanoechi Azizbek Abduhabibov bilan suhbat yoshlarda alohida qiziqish uyg‘otdi.

Tadbir so‘ngida mazkur sport turi bilan shug‘ullanish istagidagi yoshlar sport klubi to‘garagiga shu yerning o‘zida a’zo bo‘lishdi.

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaSportsmeni mejdunarodnogo klassa proveli master-klass dlya voyennoslujashix v "Tashkentskom more"
Harbiy sportchilar “Toshkent dengizi”da master-klass o‘tkazishdi - Sputnik O‘zbekiston
Sportsmeni mejdunarodnogo klassa proveli master-klass dlya voyennoslujashix v "Tashkentskom more"

Ma’lumot o‘rnida, 2018-yil mobaynida sportning baydarka va kanoeda eshkak eshish turi bo‘yicha 35 ta halqaro toifadagi musobaqalar o‘tkazilgan.

Mazkur nufuzli chempionatda Mudofaa vazirligi sport klubi a’zolari tomonidan 15 ta oltin, 16 ta kumush hamda 4 ta bronza medallari qo‘lga kiritilgan. Respublika miqyosida o‘tkazilgan 103 ta sport musobaqalarida harbiy sportchilar 55 marotaba birinchi pog‘onani band etgan bo‘lsa, 20 marotaba ikkinchi hamda 28 marotaba uchunchi o‘rinlarni egallagan.

Yangiliklar lentasi
0