Sirdaryo Xalq qabulxonalariga Cobalt avtomashinalari topshirildi

© Mansur Abdusattarov (Xalq bilan muloqot / Dialog s narodom)Rukovoditelyam Narodnoy Priyemnoy Sirdarinskoy oblasti podarili slujebnie mashini
Rukovoditelyam Narodnoy Priyemnoy Sirdarinskoy oblasti podarili slujebnie mashini - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sirdaryo viloyati shahar va tumanlaridagi Xalq qabulxonalariga 11 ta “Cobalt” rusumli xizmat avtomashinalari tantanali topshirildi.

TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Sirdaryo viloyati shahar va tumanlaridagi Xalq qabulxonalariga 11 ta “Cobalt” rusumli xizmat avtomashinalari tantanali topshirildi.

Tadbirda xalq qabulxonalari bugungi kunda aholi muammolarini o‘rganish va ularning yechimlari topishda samarali tizimni yo‘lga qo‘ygani bois fuqarolar murojaatlarini qabul qilishda ovoragarchiliklarning kamaygani, bundan tashqari tizimga ko‘plab mutasaddi tashkilotlar vakillarining jalb etilgani sababli murojaatlarning aksariyati joyida hal etilayotgani ta’kidlandi.

Sirdaryo viloyati Xalq qabulxonasi mudiri Qo‘ldoshev Xolmirzaning so‘zlariga ko‘ra, prezidentning joriy yil 17-yanvardagi “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoniga ko‘ra, xalq qabulxonalari vakillariga aholi xonadonlarida uyma-uy yurib, ularning muammolarini o‘rganish, tahlil qilish hamda sektorlar faoliyatini nazorat qilish kabi vazifalar yuklatilgan edi.

“Mazkur farmonda xalq qabulxonalarini avtomashinalar bilan ham ta’minlanishi ko‘zda tutilgan edi. Mana bugun “Cobalt” rusumli xizmat avtomashinalarini qabul qilib oldik. Albatta bu rag‘bat zimmamizdagi mas’uliyatni yanada oshiradi. Bu mashina tumandagi olis-olis qishloqlarga ham bemalol borib kelish, u yerdagi aholi muammolarini atroflicha o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi”, – deydi Sirdaryo viloyati Prezident Xalq qabulxonasi mudiri Qo‘ldoshev Xolmirza.

Tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev ishtirok etdi.

Yangiliklar lentasi
0