TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Amir Temur shoh ko‘chasida o‘rnatilgan temir panjaralarni olib tashlash ishlari boshlandi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qildi.
Eslatib o‘tamiz, poytaxt markaziy yo‘llarida temir panjaralar 2015-yil yoz mavsumida, ya’ni ShHT sammitiga tayyorgarlik ko‘rish paytida o‘rnatilgan edi.
O‘sha vaqtda bu panjaralar yo‘llarda xavfsizlikni kuchaytirish va shahar qiyofasini yaxshilash maqsadida o‘rnatilgan edi.
Lekin bir necha oydan so‘ng ushbu temir panjaralar piyodalar uchun jiddiy xavf tug‘dirishni boshladi.
Masalan, xaydovchilar o‘rta tezlikda harakatlangan taqdirda ham temir panjara ortidan o‘tadigan piyodalar umuman ko‘rinmaydi. Piyodalar temir panjaradan o‘tib to‘g‘ri qarama-qarshi avtomashina harakatiga chiqib qoladi.