TOShKENT, 15 fev – Sputnik. Moskvada sevishganlar kuni kechasi ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi, deb xabar qildi REN TV.
Voqea Moskvaning janubiy-sharqiy qismida joylashgan restoranda sodir bo‘ldi.
Mushtlashuvda 100 kishi ishtirok etdi. Voqeaga guvoh bo‘lgan shaxslar so‘zlariga ko‘ra, bu hodisada 50 ortiq marta o‘q uzildi.
Xabarda aytilishicha, hodisa “Neolit” restoranida boshlandi. Shu kuni bu restoranda katta tadbir o‘tkazish rejalashtirilgandi.
Restoran xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, restoran egasi Yashar Aliyevga hujum qilish rejalashtirilgan.