“O‘zbekneftgaz”ga yangi rahbar tasdiqlandi

© Press-slujba kompanii "Uzbekneftegaz"Logotip "Uzbekneftegaz"
Logotip Uzbekneftegaz - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Baxodirjon Sidiqov “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining raisi etib tasdiqlandi.

TOShKENT, 14 fev – Sputnik. Hukumat qarori bilan, Baxodirjon Sidiqov “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining raisi etib tasdiqlandi.

Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar qildi.

Shu kungacha, Baxodirjon Sidiqov Vazirlar Mahkamasi Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamentining mudiri lavozimda faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, "O‘zbekneftgaz"ning avvalgi rahbari Bahrom Ashrafxanov moliya vazirining ijtimoiy soha masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangandi.

Yangiliklar lentasi
0