Tumanlarda pulmonologiya bo‘limlari ochiladi - prezident qarori

© Press-slujba Ministerstva Zdravooxraneniya UzbekistanaMeditsinskie rabotniki
Meditsinskie rabotniki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Ftiziatriya” va “Pulmonologiya” mutaxassislarini tayyorlash davlat grantlari asosida amalga oshiriladi.

TOShKENT, 14fev – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-fevral kuni “Ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya yordami ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Tibbiy markaz - Sputnik O‘zbekiston
O‘rta Osiyolik migrantlar orasida sil kasali ko‘paymoqda

Qarorda aytilishiga ko‘ra, respublikada so‘nggi yillarda ekologik omillar ta’sirida rivojlanadigan nafas organlari, ayniqsa, surunkali obstruktiv o‘pka kasalliklariga uchragan bemorlar sonining oshishi kuzatilmoqda.

Shu bilar birga respulikada respirator kasalliklarga zamonaviy tashxis qo‘yish va ularni davolash usullarini qo‘llashda,  Ftiziatriya va pulmonologiya sohasida mutaxassislar yetishtirishda hamda sohani zamonaviy tibbiy texnika bilan jihozlashda yetishmovchiliklar kuzatilmoqda.

Ushbu munosabat bilan prezident, Sog‘liqni saqlash vazirligiga sil va o‘pka kasalliklari bilan bog‘liq vaziyatni monitoring qilib borishni va ularning oldini olishni topshirdi.

Vrach skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Bosh suitsidologi lavozimi joriy etildi - u nima uchun kerak?

Undan tashqari 2019-2021 yillarda  ftiziatriya muassasalari binolarini rekonstruksiya qilish, ularni zamonaviy tashxislash, davolash va reanimatsiya uskunalari bilan jihozlash chora tadbirlari ko‘riladi.

Shuningdek, 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasida “Pulmonologiya” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlarni bosqichma-bosqich tayyorlash hamda 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab “Ftiziatriya” va “Pulmonologiya” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura va klinik ordinaturada kadrlarni tayyorlash faqat davlat grantlari asosida amalga oshirish topshirildi.

Shu bilan birga Sog‘liqni saqlash vazirligiga:

  • 2019 yil 1-aprelga qadar sil kasalligini yuqtirib olish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslarning asoslangan kontingentini aniqlash;
  • 2019 yil 1-mayga qadar Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning hududiy markazlarining yangilangan tashkiliy-shtat tuzilmalarini  tasdiqlash;
  • 2019 yil 1-mayga qadar respublika, viloyat va tuman (shahar) miqyosida pulmonologiya bo‘limlari tashkil qilish va tibbiy yordam ko‘rsatish tartibini tasdiqlash vazifalari yuklatildi.

Prezident qaroining to‘liq matni bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0