TOShKENT, 13 fev - Sputnik. Samarkandda Rossiya davlat jismoniy tarbiya instituti filiali ochiladi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Jismoiy tarbiya va sport vazirligi.
“O‘qish Rossiya Federatsiyasining amaldagi o‘quv rejalari va dasturlari asosida olib boriladi. Bitiruvchilarga beriladigan Rossiya namunasidagi diplom O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida oliy t’lim hujjati sifatida tan olinadi”, - deyilgan xabarda.
Rossiya davlat jismoniy tarbiya institutining Samarqand filialiga 2019/2020-o‘quv yilida voleybol, basketbol, gandbol, futbol, yengil atletika, badiiy gimnastika, tennis, suzish, baydarka va kanoeda eshkak eshish sport turlari bo‘yicha 150 nafardan ortiq ilk talabalar kunduzgi bo‘limga qabul qilinadi.
Shu kunlarda Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti rektori Tamara Mixaylova boshchiligidagi delegatsiya Samarqandda bo‘lib turibdi.
Mehmonlar Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov va Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev hamrohligida filial uchun ajratilgan binoni, talabalar foydalanadigan sport inshootlarini ko‘zdan kechirishdi.
“Samarqand filiali universitetimizning xorijda tashkil etilgan ilk filialidir. Mazkur oliy t’lim muassasasi samarali faoliyat yuritishini t’minlash uchun biz O‘zbekistonga malakali mutaxassislarni jalb etamiz. Shuningdek, talabalarimiz Rossiyada joylashgan sport bazalarimizda amaliyot o‘tashadi,” – dedi universitet rektori Tamara Mixaylova Samarkandda ochiladigan filial haqida.
Shu o‘rinda t’kidlash joiz, mazkur t’lim maskanida nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyo davlatlari yoshlari t’lim olishi uchun ham imkoniyat yaratish, qolaversa, yildan-yilga mavjud yo‘nalishlarni kengaytirib borish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport vazirligi va Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan edi. O‘tgan davr mobaynida Samarqand shahrida mazkur oliy o‘quv yurti filialini ochish bo‘yicha kelishuvga erishilib, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi tayyorlandi.