TOShKENT, 13 fev – Sputnik. “Bo‘ydoq” (Xolostak) shou sobiq ishtirokchisi Anastasiya Matronina 30-yanvardan beri yaqinlari bilan aloqaga chiqmayapti.
Anastasiya Matronina Toshkentda tug‘ilgan. U 2018-yilda rossiyalik xonanda Yegor Krid bilan birga “Bo‘ydoq” shou dasturida ishtirok etgan.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
OAVlar ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda u model sifatida faoliyat yuritgan.
Anastasiyaning do‘stlari internetda shov-shuv ko‘tarishdi. Uning dugonasi Tina Sokol so‘zlariga ko‘ra, Matronina 30-yanvar kuni Dubaydan Moskvaga kelgan.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
Matroninaning telefoni ikki haftadan beri o‘chiq holatda.
Politsiyada hech qanday rasmiy xabar berilmagan.