“Chalg‘ima!” – Putin Tatariston prezidentiga ikki marta tanbeh berdi – video

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishYejegodnaya bolshaya press-konferensiya prezidenta RF V. Putina
Yejegodnaya bolshaya press-konferensiya prezidenta RF V. Putina - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozon shahriga tashrifi davomida Tatariston rahbari Rustam Minnixanovga tanbeh berdi.

TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Turar-joy va shahar muhiti” loyihasini amalga oshirishga bag‘ishlangan uchrashuvda va Davlat kengashi yig‘ilishida Tatariston rahbari Rustam Minnixanovga tanbeh berdi.

Putin uchrashuv davomida savollardan biriga javob berayotib, Tatariston prezidentiga murojaat qiladi. Biroq u yonida o‘tirgan kishi bilan chalg‘ib, etishmaydi. Rossiya rahbari Minnixanov diqqatini jalb qilishga urinadi.

“Rustam Nurgaliyevich! Rustam Nurgaliyevich! Chalg‘ima sen... Bizga quloq solmaydi”, - deydi Putin. U mamlakat rahbarini noqulay vaziyatga qo‘ymasligini qo‘shimcha qiladi, chunki Minnixanov savol boshini eshitmagan edi.

RIA Novostining ma’lum qilishicha, bir necha soatdan so‘ng Putin Davlat kengashining yig‘ilishida Tatariston rahbariga so‘z beradi, ammo Minnixanov zalda yo‘qligi ma’lum bo‘ladi.

“Qayoqqadur ketib qolibdi... Qayerga ketdi?”, - deb so‘raydi Putin.

Peskov - Putin so‘kinishi mumkinmi degan savolga javob berdi

Keyinchalik mamlakat prezidenti matbuot xizmati vakilining RIA Novostiga ma’lum qilishicha, Minnixanov zalda bo‘lib, mikrofon oldiga borayotgan bo‘lgan.

Putin yig‘layotgan qizaloqni tinchlantirdi - video

Yangiliklar lentasi
0