Vaqtinchalik embargo: Rossiyadan yog‘och eksport qilishni to‘xtatish taklif qilindi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishZagotovka lesa v Krasnoyarskom krae
Zagotovka lesa v Krasnoyarskom krae - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘rmon daraxtlarini noqonuniy kesish masalasini Rossiya parlament yuqori palatasining rahbari hukumat raisi Dmitriy Medvedev bilan muhokama qildi.

TOShKENT, 12 fev – Sputnik. Sovet Federatsii spikeri Valentina Matviyenko Rossiyadan yog‘och eksport qilinishga vaqtinchalik embargo joriy qilishni taklif qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

Bu masalani parlament yuqori palatasining rahbari Valentina Matviyenko Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedev bilan muhokama qildi.

V Tashkente nezakonno virubili 198 derevyev - Sputnik O‘zbekiston
Soyasiz bog‘: Toshkentda qariyb 200 ta daraxt noqonuniy kesib tashlandi

Matviyenko hukumat rahbariga barcha o‘rmon uchastkalari kesimida ijara shartnomalar qonuniyligini tekshiruv o‘tkazish topshiriq berilishini iltimos qildi.

Spikerning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning butun o‘rmon tarmog‘i “yashirin" sektorida faoliyat yuritmoqda. Misol tariqasida, sanitariya himoya chorasi ostida juda ko‘p daraxtlar kesildi.  

Parlament yuqori palatasi rahbarining fikriga ko‘ra, yuzaga kelgan vaziyat sabablardan biri sifasida qonunchilikda mavjud bo‘lgan kamchiliklar hisoblanadi.  

Matviyenko Medvedevga o‘rmon kesilishi oldini olish va Rossiyadan yog‘ochni noqonuniy olib chiqilishiga qarshi kurashish maqsadida zudlik qonun hujjatlarni ishlab chiqishni taklif qildi.

Yangiliklar lentasi
0