FVV Qamchiq dovonida qor yog‘ishi haqida ogohlantirdi

Obuna bo‘lish
Payshanba kuni “Qamchiq” dovonida qor yog‘ib shamol kuchayishi va yo‘llar muzlashi mumkin.

TOShKENT, 12 fev – Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi 14-fevral kuni Qamchiq dovonida kutilayotgan keskin ob-havo sharoitlari haqida ogohlantirdi.

“Joriy yilning 14-fevral kuni “Qamchiq” dovonida qor yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan kuchayishi, tuman tushib ko‘rinishning 50-100 metrgacha yomonlashishi, shamolning tezligi 15-18 m/s gacha kuchayishi, yo‘llarda qor uyumlarining yuzaga kelishi, yo‘lning muzlashi kutilmoqda”, - deyilgan xabarda.

Shu bilan birga FVV haydovchilarga yo‘lga chiqishdan oldin avtomobilning texnik holatini tekshirishni va qishda mavsumiy avtomobil shinalaridan foydalanishni tavsiya etib qolishi xabar qilingan.

Yangiliklar lentasi
0