O‘zbekistonda barcha brendlar yangi tartibda xatlovdan o‘tkaziladi

© Sputnik / Natalya SeliverstovaButik Gucci
Butik Gucci - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi faoliyati qoniqarsiz deb topilib, u Adliya vazirligi tizimiga o‘tkaziladi.

TOShKENT, 11 fev – Sputnik. O‘zbekistonda 2019-yil 1-martdan boshlab barcha tovar belgilari yangi tartibda ro‘yxatdan o‘tkazila boshlaydi. Bu haqida prezidentning “Intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qarorida aytib o‘tilgan.

Ulitsa v selskoy mestnosti v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yerga nisbatan xususiy mulk huquqi joriy etilishi mumkin

Yangi qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi faoliyati qoniqarsiz deb topilib, u Adliya vazirligi tizimiga o‘tkaziladi.

Undan tashqari, 2019-yilning 1-iyuliga qadar respublikada ro‘yxatdan o‘tkazilgan barcha tovar belgilarini xatlovdan o‘tkazib, qonun talablari buzilgan holda berilgan tovar belgilarining guvohnomalari bekor qilinadi.

Uchinchidan 2019-yilning 1-martidan boshlab intellektual mulkni ro‘yxatga olishda yangi tartib o‘rnatiladi. Unga muvofiq:

  • tovar yoki xizmat ko‘rsatish belgilari, talabnomalar topshirilgandan so‘ng 1 ish kunida Agentlik rasmiy veb-saytiga joylashtiradi;
  • tovar belgilari rasmiy veb-saytiga joylashtirilib, davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanadan boshlab vujudga keladi;
  • tovar belgisi respublika hududida so‘nggi uch yil mobaynida uzluksiz ravishda foydalanilmaganda yoki manfaatdor shaxsning arizasiga binoan qabul qilingan sud qarori asosida, muddatidan avval to‘liq yoki qisman tugatilishi mumkin.

Intellektual mulk yangi ma’lumotlar bazasi ishlab chiqiladi.

Prezident huzuridagi “Loyiha boshqaruvi milliy agentligi” bilan birgalikda 2019-yil 1-iyulga qadar intellektual mulk obyektlarining yagona va doimiy yangilanib boradigan integratsiyalashgan ma’lumotlar bazasini ishlab chiqiladi va joriy etiladi.

Intellektual mulnkning yangi bazasi quyidagilarni ta’minlashi kerak bo‘ladi:  

  • huquqiy himoya olgan va undan mahrum bo‘lgan intellektual mulk obyektlarini real vaqt rejimida kuzatib borish;
  • intellektual mulk obyektlari huquqiy himoya olgan va undan mahrum bo‘lganda ularni avtomatik ravishda tegishlicha Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritish va chiqarish;
  • intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklarni aniqlash va oldini olishda vakolatli davlat organlari bilan hamkorlik qilish.

Undan tashqari, prezident qarori bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi zimmasiga, mulk huquqini himoya qilish xalqaro indeksi mezonlarini inobatga olgan holda, intellektual mulkning ishonchli huquqiy himoyasiga doir chora tadbirlar ishlab chiqishi topshirilgan.

Moliya hamda Investitsiyalar vazirliklari 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradigan patent bojlari va to‘lovlarini, shuningdek, norezidentlardan tovar belgisi va sanoat namunasining huquqiy muhofazasini berish uchun undiriladigan individual boj stavkalarini bosqichma-bosqich kamaytirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritishi kerak.

Intellektual mulk haqidagi qarorning to‘liq matni bilan quyida tanishishingiz mumkin. 

Yangiliklar lentasi
0