Urush bo‘lmasa bu yerda bir kun ham qolmas edik - Qobuldagi o‘zbek oilasi

Obuna bo‘lish
Afg‘oniston shimolidan urush tufayli Qobulga qochib kelgan o‘zbek oilasi o‘zining og‘ir hayoti haqida Sputnik muxbiriga so‘zlab berdi. 

“Men Faqirmamad Najmiddin Tahor viloyati Xo‘jai Xorlikman. U yerda hayotimiz yaxshi edi. o‘zimizning yerimiz, mol-holimiz, uyimiz, ko‘rpa to‘shagimiz – hamma narsamiz bor edi. Ovvora emas edik, lekin toliblar keldi, urush bo‘ldi, biz majbur bo‘lik Qobulga kelishga.

Bu yerda iqtisodimiz zaif, hech narsamiz yo‘q, mana shu hovlida ijaraga turamiz. Mana bu ko‘rpa to‘shaklarni qo‘shnilar berishdi”, - deydi oila boshlig‘i.

Deti katayutsya na kachelyax v Kabule, Afganistan - Sputnik O‘zbekiston
O‘yinchoq va shirinliksiz o‘tayotgan bolalik: afg‘oniston hayotidan

"Bu yerda har oy 5000 afg‘oni ijara to‘laymiz. Men mardikor ishlab kuniga 150-200 topaman. Bu yerda hech kim bizning holimizni so‘ramaydi, namozga ham chaqirmaydi. Urush bo‘lmaganda o‘z yerimizga qaytar edik, Qobulda bir kun ham qolmagan bo‘lar edik", - deydi Jumaxon ismli yana bir oila a’zosi. 

"Bir akamni toliblar o‘ldirdi. Uning ikkita o‘g‘li bir qizi qoldi. Urush janjal tufayli bir akam Eronga qarab ketdi, yana biri Pokistonga ketdi", - deydi Aziza ismli ayol. 

Sputnik tayyorlagan videolavhada Afg‘oniston shimolidan urush tufayli Qobulga majburan ko‘chib kelgan oila a’zolarining hikoyalarini tinglang.

Yangiliklar lentasi
0