Ozoda Nursaidova shifoxonaga yotqizildi: uning ahvoli haqida ma’lumot berildi

Obuna bo‘lish
Ozoda Nursaidova yurak xastligi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

TOShKENT, 11 fev – Sputnik. Taniqli xonanda Ozoda Nursaidova yurak xastligi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Bu haqda Ozoda Nursaidovaning singlisi Nilufar videomurojaatda ma’lum qildi.

Nilufar opasi 15 kundirki betob ekani, uni yurak xastaligi bezovta qilayotganini, shu sabab shifoxonaga yotqizilganini aytadi. 

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot O Z O D A (@ozodaofficial)

"Kechadan buyon telefon tinmayapti, duolaringiz, opamga yozgan tilaklaringizni yetkazdim. Aslida opam nima sabab shifoxonaga tushganlarini ochiqlashni va’da qilgan edim. Lekin, opam buni istamadi. Yaratgan kuch-quvvat bersa bu kunlardan ham o‘taman, deb aytdilar", deydi Ozoda Nursaidovaning singlisi.

Uning ma’lum qilishicha, xonandaning ahvoli ayni damda ancha yaxshi. U to‘y xizmatiga va’da qilib qo‘ygani uchun, oyoqqa turib, to‘yga ketgan.

Yangiliklar lentasi
0