Ixtiyor Abdullayev nima sababdan DXX raisi lavozimidan ozod etilgani ma’lum bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Ixtiyor Abdullayev 2018-yil yanvar oxirida Rustam Inoyatov o‘rniga Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga tayinlagandi.

TOShKENT, 11 fev – Sputnik. Ixtiyor Abdullayev Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

“O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Raisi lavozimida ishlab kelgan Abdullayev Ixtiyor Baxtiyorovich sog‘ligi yomonlashgani tufayli o‘z arizasiga binoan (keyingi bir yilda bo‘yin va bel umurtqa pog‘onasida ikki marta og‘ir jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan) lavozimidan ozod etildi”, - deyilgan xabarda.

Ixtiyor Abdullayev 1966-yilda 22-may kuni Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida tug‘ilgan.

1985-1990 yillarda Perm davlat universitetida huquqshunos mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan.

2010 va 2015-yilda Oliy Majlis ikkinchi chaqiriq senat a’zo bo‘lib tayinlangan. 2015-yil 21-apreldan 2018-yil 31-yanvarga qadar O‘zbekiston bosh prokuror lavozimida bo‘lgan. Ixtiyor Abdullayev ikkinchi darajali adliya davlat maslahatchisi.

Abdullayev 2018-yil yanvar oxirida Rustam Inoyatov o‘rniga MXX raisi lavozimiga tayinlagandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining farmoniga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri lavozimida ishlab kelgan general-leytenant Azizov Abdusalam Abdumavlanovich O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga tayinlandi.

Yangiliklar lentasi
0