FVV qor ko‘chkisi xavfidan ogohlantirdi

Obuna bo‘lish
Mamlakat qutqaruvchilari fuqarolarni tog‘li hududlardagi qor ko‘chkisi xavfi haqida ogohlantirdi.

TOShKENT, 11 fev – Sputnik. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi “Chimon” hududida qor ko‘chkisi xavfi haqida ogohlantirdi.

Lavina - Sputnik O‘zbekiston
“Beldirsoy”da uch kishi qor ko‘chkisi ostida halok bo‘ldi

Vazirlikning rasmiy saytida qayd etilishicha, "Chimon" hududida 2019-yilning 11-fevral soat 08:00 dan 12-fevral soat 08:00 gacha qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi.

“Aziz dam oluvchilar! Ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishingizni va "Diqqat! Qor ko‘chishi xavfi mavjud" belgisi bilan cheklangan joylarga kirmaslikni iltimos qilamiz”, - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning oxirida Toshkent viloyatida uch nafar snoubord sport turi bilan shug‘ullananuvchi kishi taqiqlangan xavfli hududda harakatlanishlari natijasida qor ko‘chkisi yuzaga kelgan, oqibatda ular qor uyumlari ostida qolib vafot etganlar.

Yangiliklar lentasi
0