TOShKENT, 10 fev — Sputnik. U yoki bu avtomobilni sotib olish haqida qaror qabul qilgandan, har bir xaridor albatta avtomobil tashqi ko‘rinishi, materiallar sifati hamda ishonchliligi va eng muhimi uning narxiga e’tibor beradi.
Raqobat mavjud bo‘lgan bozorda ishlab chiqaruvchilar istasa ham istamasa ham – chiroyli va sifatli avtomobillarni arzon narxlarda ishlab chiqarish yo‘lidan borishga majbur bo‘ladilar.
Rossiyada o‘tgan yilda sotilgan avtombillar soniga ko‘ra, eng muvaffaqiyatli ishlab chiqaruvchilar qo‘yidagilar bo‘lgan: AvtoVAZ - jami 360 ming, Kia - 227 ming, Hyundai - 178 ming, Renault -137 ming, Volkswagen - 113 ming, Toyota - 108 ming, Skoda - 81 ming va Nissan - 80 ming dona avtomobil sotgan.
Eng ko‘p sotilgan avtomobil modellari quyidagi tartibda joylashgan:
Model | 2018 (dona) | 2017 (dona) | o‘sish % | |
1 | Lada Vesta | 108 364 | 77 291 | +40 |
2 | Lada Granta | 106 325 | 93 686 | +13% |
3 | Kia Rio | 100 148 | 96 689 | +4% |
4 | Hyundai Creta | 67 588 | 55 305 | +22% |
5 | Hyundai Solaris | 65 581 | 68 614 | –4% |
6 | Volkswagen Polo | 59 450 | 48 595 | +22% |
7 | Lada Largus | 44 072 | 33 601 | +31% |
8 | Renault Duster | 41 409 | 43 828 | –6% |
9 | Skoda Rapid | 35 089 | 29 445 | +19% |
10 | Lada XRAY | 34 807 | 33 319 | +4% |
Ochiq statistik ma’lumotlar asosida tayyorlandi.