Xorijda vafot etgan mehnat migrantlarini vatanga qaytarishda yordam ko‘rsatiladi

Obuna bo‘lish
Bundan buyon O‘zbekiston Mehnat vazirligi xorijda vafot etgan migrantlar jasadlarini vatanga qaytarishda yordam ko‘rsatadi.

TOShKENT, 10 fev – Sputnik. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xorijda vafot etgan mehnat migrantlari jasadlarini vatanga qaytarishda yordam beradi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

“Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan mehnat migratsiyasida bo‘lib turgan va chet elda vafot etgan vatandoshlarimiz jasadini O‘zbekiston Respublikasiga olib kelishda amaliy yordam ko‘rsatiladi”, - deyilgan xabarda.

Agarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan yaqin qarindoshingiz yoki tanishingiz bunday holatlarga tushib qolganligi va yordamga muhtojligi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lsangiz, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga quyidagi manzillar orqali murojaat qilishingiz mumkin:

Samolet  aviakompanii YuTeyr  - Sputnik O‘zbekiston
Mehnat vazirligi Rossiyada halok bo‘lgan 2 fuqaroning jasadini qaytarishga yordam beradi

Moskva shahri, 1-Kazachiy tor ko‘chasi, 11/2, telefon raqami: +7-903-507-76-67.

Toshkent shahri, Olmazor tumani, Qamarniso ko‘chasi, 1-uy, telefon raqami: +998-71-202-33-55.

Eslatib o‘tamiz, kecha Mehnat vazirligi Sankt-Peterburg shahri va Leningrad viloyatida fevral oyining boshida halok bo‘lgan 2 nafar O‘zbekiston fuqarolarini vataniga qaytarish uchun barcha tayyorgarlikni ko‘rgani haqida xabar bergan edik. 

Yangiliklar lentasi
0