Amerikalik hindu qozoqlarni genetik birodar deb hisoblaydi

© Sputnik / Anatoliy UstinenkoChempionat Azii po oxote s lovchimi ptitsami v Almati
Chempionat Azii po oxote s lovchimi ptitsami v Almati - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerikaning Cheroki qabilasiga mansub hindu qozoqlar va amerika mahalliy aholisi orasida ko‘plab o‘xshashliklar topdi.

TOShKENT, 10 fev – Sputnik. Amerikalik Cheroki qabilasiga mansub Raxsaan Uolf ismli hindu qozoqlar va hindular genetik darajada og‘a-ini ekaniga ishonchi komil. Raxsaan qozoqlar va amerika mahalliy aholisi orasida ko‘plab o‘xshashliklar topdi, bu haqida Tengrinews telekanaliga asosan Daryo xabar qilmoqda.

“Men asli amerikalikman, Cheroki qavmi ko‘chmanchisiman. Hindular va qozoqlarning umumiy timsollari bor, bu - bizni yaqinlashtiradi. Men Osiyo madaniyatiga yaqinman, Janubi-Sharqiy va Markaziy Osiyo tarixini o‘rganganman. Bizda ko‘p umumiy belgilar bor. Masalan: ko‘chmanchilik urf-odatlari, ot minish, burgut bilan ov qilish, do‘mbra chertish kabi”, — deydi Raxsaan.

Amerika mahalliy aholisi – hindular kelib chiqishi borasida o‘tkazilgan izlanishlarda – ular Rossiyaning Oltoy o‘lkasi, Sibir va Markaziy Osiyo, Janubiy Xitoy hududida yashagan qabilalarning Alyaska orqali Amerika hududiga ko‘chib kelishi natijasida paydo bo‘lgan degan nazariya o‘z tasdig‘ini topgan. Ushbu xalqlar va hindular genlarida boshqa xalqlarda uchramaydigan xromosomalar topilgan. Taxminan 12 ming yil oldin hozirgi Bering bo‘g‘ozi o‘rnida quruqlik bo‘lgan va Alyaska Yevroosiyo qit’asiga tutash bo‘lgan.

Bugungi kunda eng ko‘p hindular Meksika hududida yashaydi - 10 mln kishi. Shuningdek Boliviyada - 7 mln, Peruda - 6 mln, Gvatemalada - 5,4 mln, Ekvadorda - 3,4 mln, AQShda - 2,4 mln, Kolumbiya va Kanadada - 1 mlndan ortiqroq hindu yashaydi. 

Yangiliklar lentasi
0