Xayrli ish: chikagolik o‘zbeklar afrikaliklarga qay tarzda yordam berishmoqda

© Facebook / Uzbek American Association of ChicagoUzbekistansi iz Chikago podarili kolodes jitelyam Kameruna
Uzbekistansi iz Chikago podarili kolodes jitelyam Kameruna - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chikagodagi o‘zbek-amerika assotsiatsiyasi faollari yordamida Afrika davlatlarida ichimlik suvi bo‘lgan 3ta quduqni o‘rnatishga muvaffaq bo‘lindi

TOShKENT, 8 fev - Sputnik. Chikagodagi o‘zbek-amerika assotsiatsiyasi faollari Kamerun aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlashga yordam berdilar.

Chikagoda yashovchi, o‘zgalar muammosiga befarq bo‘lmagan o‘zbeklar "Buloq-3" nomli xayriya loyihasini moliyalashtirish uchun mablag‘ to‘plash bo‘yicha marafonni ishga tushirdilar. Loyiha orqali afrika mintaqasida suv chiqarish inshootini o‘rnatish belgilangan edi.

© Facebook / Uzbek American Association of ChicagoUzbekistansi iz Chikago podarili kolodes jitelyam Kameruna
Xayrli ish: chikagolik o‘zbeklar afrikaliklarga qay tarzda yordam berishmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Uzbekistansi iz Chikago podarili kolodes jitelyam Kameruna

2018 yilning avgust oyiga kelib, xayriyachilar 4500 AQSh dollari miqdorida mablag‘ to‘plashga muvaffaq bo‘lganlar. Burg‘ilangan quduq Kamerundagi Bardap aholi punktiga o‘rnatilgan.

"Ushbu loyihani qo‘llab-quvvatlagan barcha do‘stlarimizga minnatdorlik bildiraman. Ushbu uyushma a’zosi bo‘lganimdan faxrlanaman", - deb yozgan o‘z sahifasida assotsiatsiya ishtirokchisi Farrux Shamsutdinov.

Bu assotsiatsiya ko‘magida afrika mamlakatlarida o‘rnatilgan uchinchi quduqdir. Xususan, o‘tgan yil may oyida chuqurligi 4,5 ming metr bo‘lgan artezian qudug‘i afrikadagi Chad respublikasining Vassi qishlog‘ida paydo bo‘lgan. U yerda 1700 kishi istiqomat qiladi.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyoda 750 million kishi toza ichimlik suviga muhtoj, ularning 37%i Afrikada yashaydi.

Yangiliklar lentasi
0