Qutqaruvchilar Istanbulda qulab tushgan uy vayronalarini sinchiklab tekshirishmoqda – video

Obuna bo‘lish
Istanbulning Kartal tumanida sakkiz qavatli bino qulashi oqibatida kamida 3 kishi halok bo‘ldi, 12 tadan ziyod kishi esa turli darajadagi jarohat oldi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, qutqaruvchilar vayronalar ostidan omon qolgan 5 yoshli qizchani chiqarib olishdi. Qizcha plitalar orasida 18 soat qolib ketgan. Uning ahvoli haqida ma’lumot oshkor qilinmayabdi.

Qulab tushgan binoda 14 ta xonadon istiqomat qilgan. 43 kishi ro‘yxatdan o‘tgan.

Shuningdek, vayronalar ostida kamida 5 ta avtomobil qolib ketganligi aytilmoqda.

Hozirda qutqaruvchilar vayronalarni tozalab, tekshirishmoqda. Qutqaruv operatsiyasida turli idoralarning 500 yaqin xodimlari ishtirok etmoqda. Turkiya prokuraturasi hodisa yuzasidan tekshiruv ishlarini boshlab yubordi.

Yangiliklar lentasi
0