Toshkentda o‘tgan yildan buyon qidirilayotgan 21 yoshli qiz topildi

© iibb.uzNoviy dizayn avtomobiley GUVD Tashkenta
Noviy dizayn avtomobiley GUVD Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar IIBB xodimlari bedarak yo‘qolgan, davlatlararo qidiruvga berilgan 21 yoshli Nasiba K.ni topishdi.

TOShKENT, 7 fev – Sputnik. Toshkent shahar IIBB  xodimlari bedarak yo‘qolgan, davlatlararo qidiruvga berilgan 21 yoshli Nasiba K.ni topishdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

Uchastnitsa konkursa venkov  - Sputnik O‘zbekiston
Psixolog nima sababdan o‘smir qizlar uydan qochib ketishlarini ma’lum qildi

Xabarda yozilishicha, 5-fevraldan 6-fevralga o‘tar kechasi soat taxminan 3:00 da Toshkent shahar IIBB PPX xodimlari Uchtepa tumani Al-Xorazmiy ko‘chasidagi yo‘lak bo‘ylab yolg‘iz ketib borayotgan qizni ko‘rib qolishadi.

“Qizning tashqi ko‘rinishi bedarak yo‘qolgan qizning ta’riflariga mos tushadi. Qizning shaxsini aniqlash, bunday kech vaqtda ko‘chada yurishi sababini bilish hamda unga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish maqsadida, qiz Chilonzor tuman IIO FMB ichki ishlar bo‘limiga keltirildi”, - deyiladi xabarda.

Qizning ismi Nasiba K. ekanligi, u o‘tgan yili bedarak yo‘qolganligi va 2018-yil 28-noyabrda davlatlararo qidiruvga berilganligi aniqlanadi.

Nasiba o‘z qarindoshlariga joylashgan joyi haqida ma’lum qilmaganligi sababi aniqlashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 15-yanvar kuni o‘zining “Neksiya” avtomobilida uyidan chiqib, bedarak yo‘qolgan 26 yoshli Sherboyev D. sog‘-salomat holda topilgani haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0