Televizor qarshisida ko‘p vaqt o‘tkazish o‘ta xavfli xastalikni keltirib chiqaradi – olimlar

© Sputnik/Viktor TolochkoChelovek smotrit televizor
Chelovek smotrit televizor - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Olimlar saraton xastaliklaridan birining erta rivojlanishiga oid 118 ta holatni o‘rganib chiqib, o‘z xulosalarini bayon qilishdi.

TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Olimlar televizorni o‘tirgan holda meyoridan ortiq tomosha qilish 50 yoshgacha bo‘lgan insonlarda ichak saratoni xastaligini keltirib chiqarish mumkinligini aniqlashdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Pivnoy festival Latviabeerfest 2016 v Rige. - Sputnik O‘zbekiston
Pivo o‘ldiradi - olimlar ko‘pikli ichimlikning o‘ta xavfli zararini aniqladilar

Xabarda yozilishicha, mutaxassislar hamshiralar salomatligi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarning ikkinchi bosqichi natijalarini - AQShda 1989-yilda asosiy surunkali xastaliklarni keltirib chiqaruvchi xavfli omillar haqida to‘plangan eng yirik ma’lumotlar jamlanmasini tahlil qilishadi.

Pishgan guruchni uzoq saqlash sog‘liq uchun xavfli bo‘lishi mumkin

Olimlarni ishtirokchilarning o‘tirgan holda tomosha qilish jihatiga, xususan, ular televizor qarshisida qancha vaqt sarflaganiga alohida e’tibor qaratishadi.

Ta’kidlanishicha, ekspertlar ichak saratonining erta rivojlanishiga oid 118 ta holatni o‘rganib chiqib, kuniga televizor qarshisida kamida 1 soatdan o‘tirgan kishilarda xastalikka chalinish xavfi 12 foiz bo‘lganini aniqlashdi. Ikki soatdan ziyod vaqtini televizor qarshisida o‘tkazgan ishtirokchilar orasida esa ushbu xavf 70 foizdan ortiq bo‘lganligi ma’lum bo‘ladi.

Olimlar miyani yoshartirish usulini topishdi

Olimlar fikriga ko‘ra, ma’lum bo‘lgan qonuniylik vazn yoki ishtirokchilarning jismoniy faolligiga bog‘liq emas. Shuningdek, genetika moyillik omili sabab bo‘lmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq olimlar ko‘pikli ichimlik - pivoning o‘ta xavfli zararini aniqlaganlari haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0