Mirziyoyevga “xat yozgan” uysiz bola kim ekani aniqlandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 10-yanvarya posetil otdel vnutrennix del №7 Yunusabadskogo rayona goroda Tashkenta.
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 10-yanvarya posetil otdel vnutrennix del №7 Yunusabadskogo rayona goroda Tashkenta.  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bolalar uyi tarbiyalanuvchisi Aleksandr Borisov nomidan prezidentga "yozilgan xat" ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilganidan so‘ng IIBB xodimlari uni qidirib topishdi.

TOShKENT, 7 fev - Sputnik. Toshkent shahar IIBB xodimlari bolalar uyi tarbiyalanuvchisi Aleksandr Borisovni qidirib topishdi, deb xabar qilmoqda IIBB matbuot xizmati.

© GUVD g. TashkentaSotrudniki GUVD Tashkenta pomogli bivshemu vospitanniku detdoma
Mirziyoyevga “xat yozgan” uysiz bola kim ekani aniqlandi - Sputnik O‘zbekiston
Sotrudniki GUVD Tashkenta pomogli bivshemu vospitanniku detdoma

Biroz oldin go‘yoki Borisov nomidan prezidentga “yozilgan xat” ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqatilgan edi. Xatda yotoqxonada uni kaltaklashlari tufayli ko‘chada yashashga majbur bo‘layotganini, pasportini o‘g‘irlab ketishgani va IIBB xodimlari  uni hujjati yo‘qligi uchun doim bo‘limga olib ketishlariga “arz qilgan”.

© GUVDSotrudniki GUVD Tashkenta pomogli bivshemu vospitanniku detdoma
Mirziyoyevga “xat yozgan” uysiz bola kim ekani aniqlandi - Sputnik O‘zbekiston
Sotrudniki GUVD Tashkenta pomogli bivshemu vospitanniku detdoma

Toshkent shahar IIBB xodimlari Aleksandr Borisovni qidirib topishdi va unga yordam berishdi. U yuvinib, sochini oldirib biometrik pasportga suratga tushdi. Ayni damda u 58 sonli poliklinikada tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda. Ko‘rikdan so‘ng unga ishga joylashishda yordam berishadi. Huquqni saqlash organlari xodimlari Borisovning yotoqxonasidagi vaziyat bilan ham tanishib chiqishni va’da berishgan.

© GUVD g. TashkentaSotrudniki GUVD Tashkenta pomogli bivshemu vospitanniku detdoma
Mirziyoyevga “xat yozgan” uysiz bola kim ekani aniqlandi - Sputnik O‘zbekiston
Sotrudniki GUVD Tashkenta pomogli bivshemu vospitanniku detdoma

Toshkent shahar IIBB multimedia markazi  xodimlari uning nomidan prezidentga yozilgan xatni ko‘rsatishganda, Borisov xatni u yozmaganini va uni internetda kim tarqatganidan xabari yo‘qligini ta’kidladi.

Undan tashqari yosh yigit pasportini o‘zi yo‘qotib qo‘yganini va ba’zan alkogolli ichimliklar ichib turishini ham xabar qilgan. Buni Borisov oldin ishlagan shirkat xodimlari ham tasdiqlashgan.

IIBB xodimlari Borisov taqdiridan doimiy ravishda xabardor bo‘lib turishni va’da berishmoqda. 

Yangiliklar lentasi
0