Sog‘liqni saqlash tizimida joriy etilgan yangi lavozimga shaxsan prezident tayinlaydigan bo‘ldi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishV operatsionnom bloke
V operatsionnom bloke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur lavozimga sog‘liqni saqlash sohasidagi yuqori malakali xorijiy mutaxassis jalb etiladi.

TOShKENT, 06 fev – Sputnik. Sog‘liqni saqlash tizimi islohotlariga ilg‘or xorijiy tajribani joriy etishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi, deb xabar qildi Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" Telegram-kanali.

Meditsinskie rabotniki  - Sputnik O‘zbekiston
Tibbiyot xodimiga tajovuz qilganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirilishi mumkin

Xabarda aytilishicha, qaror bilan sog‘liqni saqlash sohasiga ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlash va islohotlarni ekspert jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari lavozimi joriy etildi.

Vazir o‘rinbosari, jumladan, quyidagilar uchun mas’ul hisoblanadi:

- xalqaro standartlar va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalarini implementatsiya qilgan holda sog‘liqni saqlash sohasini kompleks huquqiy tartibga solish;

- sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish va tashkil etish tizimini takomillashtirish;

- majburiy tibbiy sug‘urtani joriy etish;

- davlat-xususiy sheriklik va tibbiy turizmdan foydalanishning eng yaxshi amaliyotlarini tatbiq qilish;

- sohaga investitsiyalarni keng jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va raqobat muhitini yaxshilash;

- “elektron sog‘liqni saqlash” tizimlarini keng joriy etish.

Mazkur lavozimga sog‘liqni saqlash sohasidagi yuqori malakali xorijiy mutaxassis jalb etiladi hamda u prezident tomonidan tayinlanadi.

Shuningdek, sog‘liqni saqlash vazirining mazkur o‘rinbosari bir vaqtda Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari maslahatchisi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda tibbiyot xodimiga tajovuz qilganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirilishi mumkinligi haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0