TOShKENT, 06 fev – Sputnik. La-Mansh bo‘g‘ozi ustidan uchib o‘tayotib, halokatga uchragan argentinalik futbolchi Emiliano Salaning singlisi xo‘jayinini kutayotgan itning yurakni ezadigan suratini e’lon qildi.
Futbolchining singlisi Romaniya Facebook᾽dagi sahifasida Nala laqabli it suratini joylashtirib, quyidagi so‘zlari yozib qoldirdi: “Nala seni kutmoqda”.
Suratda futbolchining vafodor iti oynali eshik oldida o‘tiribdi. U xo‘jayinining paydo bo‘lishi kutib, olislarga termuladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Kardiff” klubining argentinalik hujumchisi Emiliano Sala uchgan samolyot halokatga uchragan joy La-Mansh bo‘g‘ozida halok bo‘lgan kishining tanasi topilgani haqida xabar qilgan edik. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, tananing kimga tegishli ekanligi ekspertiza xulosasidan keyin oshkor qilinadi.