Elektr energiya uchun oldindan to‘lov tizimiga o‘zgartirish kiritildi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishZamena starix elektroschetchikov v jilix domax Vladivostoka
Zamena starix elektroschetchikov v jilix domax Vladivostoka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgari, energiya faqat 100 foizlik oldindan haq to‘langanida yetkazib berilgan.

TOShKENT, 6 fev – Sputnik. Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident farmoniga o‘zgartirish kiritildi.

Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar qildi.

Energosberegayushie lampochki - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda qancha energiya ishlab chiqarilishi ma’lum bo‘ldi

Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, iste’molchilarga energiya yetkazib berish iste’molchilar tomonidan murojaat qilinganida 50 foizlik oldindan haq to‘lash asosida ham amalga oshiriladi. Ilgari, energiya faqat 100 foizlik oldindan haq to‘langanida yetkazib berilgan.

Oldindan haq to‘lanmagan, 50 foizlik haq to‘laydigan iste’molchilar tomonidan oy oxirigacha yakuniy haq to‘lanmaganda, mazkur iste’molchilarga nisbatan elektr va gazdan to‘liq uzishgacha bo‘lgan choralar ko‘riladi.

Yangiliklar lentasi
0