TOShKENT, 5 fev - Sputnik. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning raisi vazifasini bajarauvchi etib Xusnutdin Nuruddinovich Xasilov tayinlandi, deb xabar qilmoqda Adliya vazirlining “Huquqiy axborot” telegram kanali.
“Hukumat qarori bilan Xusnutdin Nuruddinovich Xasilovga “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining raisi vazifasini bajarish yuklandi”, - deyilgan xabarda.
2002 yildan buyon “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ raisi lavozimini egallab kelgan Achilbay Ramatov esa yangi tashkil etilayotgan Transport vazirligiga rahbar etib tayinlanadi. Ramatov bir vaqtning o‘zida bosh vazir o‘rinbosari lavozimida ham ishlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Xusnutdin Nuriddinovich Xasilov Toshkent temiryo‘l muhandislari institutini injener-mexanik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 1999-yildan buyon O‘zbekiston temir yo‘llari tarkibida faoliyat yuritib kelmoqda.
2016 yil 1-apreldan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda bosh menedjer va bosh muhandis lavozimida ishlab kelgan.