O‘zbekiston maxfiylik grifi ostida bo‘lgan ma’lumotlardan cheklovlarni olib tashladi

© Sputnik / Pavel LisisinZolotie slitki
Zolotie slitki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ochiq ma’lumotlar ro‘yxatidan oltin-valyuta zaxiralari yillik hajmi va ularning tarkibi ham o‘rin oldi

TOShKENT, 5 fev - Sputnik. O‘zbekistonda ayrim ma’lumotlarni rasman e’lon qilish bo‘yicha cheklovlarni olib tashlash to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

Zagotovki dlya chekanki monet  - Sputnik O‘zbekiston
Oltin tanga narxi keskin oshdi, Markaziy bank sababini tushuntirdi

Vazirlar Mahkamasi e’lon qilgan hujjatga muvofiq foydali qazilmalarning zaxira va resurslari, ularning qazib olish va sotish hajmlari, mablag‘larning taqsimlanish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni rasman e’lon qilish bo‘yicha ilgari belgilangan cheklovlar bekor qilindi.

Shuningdek, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, "Olmaliq KMK" AJ va "Navoiy KMK" DKning 2013-yildan boshlab milliy va xalqaro standartlar asosidagi moliyaviy hisobotlari; 2017 yil 1-yanvar holatigacha davlat oltin valyuta-zaxiralarining yillik hajmlari va ularning tarkibi; davlat va davlat tomonidan kafolatlangan (ichki va tashqi) qarzlarning umumiy hajmi, ularning manbalari, valyutalari, foiz stavkalari, so‘ndirish muddatlari, shuningdek qarzdor tashkilotlar kesimida o‘zlashtirilishi va qaytarilishi bo‘yicha ma’lumotlar ham maxfiylik grifidan chiqarildi.

Yangiliklar lentasi
0