TOShKENT, 5 fev - Sputnik. O‘zbekiston kartoshka yetishtiruvchilari assotsiatsiyasi rahbari Elor Tashpo‘lavto boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi 3-fevraldan boshlab Amerikaning Viskonsin shtatida tashrif uyushtirmoqda, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.
O‘zbekistonlik mutaxassislar u yerda katoshka yetishtirish bo‘yicha ilg‘or texnologiyalar bilan tanishmoqdalar hamda AQShning urug‘ yetishtiruvchi kompaniyalari va xo‘jaliklari bilan tanishmoqdalar.
O‘zbekistonliklar Amerikada har yili bo‘lib o‘tadigan kartoshka yetishtiruvchilar yillik ko‘rgazmasida ishtirok etishadi hamda AQSh kartoshka urug‘lari banki vakillari bilan tanishishadi.
Amerika Qo‘shma Shtalarida yiliga 20 million tonna kartoshka yetishtiriladi. Viskonsin shtatida esa – eng yirik kartoshka urug‘lari banki joylashgan.