Futbol murabbiysi Mourino xokkey stadionida toyib ketib, yiqilib tushdi

Obuna bo‘lish
Portugaliyalik taniqli futbol murabbiysi Joze Mourino Kontinental Xokkey Ligasi doirasidagi “Avangard” - "SKA" o‘yinini tomosha qilish uchun Rossiyaga bordi.

56 yoshli Mourino shaybani ramziy tarzda o‘yinga kiritdi va shundan keyin toyib ketib, yiqilib tushdi.

Unga yordam berish uchun yaqinda turgan “Avangard” o‘yinchisi Yevgeniy Medvedev va "SKA" o‘yinchisi Pavel Datsuk shoshildi.

Bu vaziyatda Mourino hech qanday jarohat olmagani aytilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0