TOShKENT, 5 fev - Sputnik. Xalqaro xotin-qizlar kuni (8 mart) va Navro‘z (21 mart) bayramlarini nishonlash uchun o‘zbekistonliklarga yetti kun dam olish belgilangan. Bu haqda Nuz.uz xabar qildi.
8 mart juma kuniga to‘g‘ri keladi, bayram dam olish kunidan so‘ng besh kunlik rejimda ishlovchi o‘zbekistonliklar yana ikki kun — shanba va yakshanba dam olishadi (9—10 mart).
Navro‘z bayrami bu yil payshanba kuni nishonlanadi.
O‘zbekiston prezidentining 2018-yil 12-noyabrdagi farmoni bilan qo‘shimcha dam olish kuni — 22-mart, juma tasdiqlangan. 23 va 24-mart kunlaridagi dam olish kunlari hisobga olinsa, o‘zbekistonliklar ketma-ket to‘rt kun dam olishlari mumkin.